Ushbu Yuqori Sifatli Mahsulotimiz Janubiy Koreyada ishlab chiqarilib, to’g’ridan to’g’ri O’zbekistonga import qilingan.
1.Ushbu mahsulotimiz tarkibida mavjud bo’lgan Kaltsiy inson tanasi uchun zarur bo’lgan minerallardan biri hisoblanib. Kaltsiy suyak to’qimasi va Tishlarning asosidir. Suyaklar inson tanasidagi Minerallar ombori hisoblanadi. Agar siz kunlik yetarli miqdordagi kaltsiyni qabul qilmasangiz, organizm uning o’rnini suyaklardagi kalsiy hisobiga to’ldiradi va bu esa suyaklarning zaiflashuviga olib keladi. Inson organizmi kaltsiyni moddalar almashinuv jarayaonlarini boshqarishda ishlatadi. Kaltsiy yurak qon tomir kasalliklari profilaktikasida muhim sanalgan, qon bosimini boshqarishda ishtirok etadi.
Magniy- organizmning barcha to’qimalarida mavjud bo’lgan va hujayralarning normal ishlashi uchun zarur bo’lgan hayotiy elementdir. Tanadagi vitamin va minerallarning yetishmasligi turli xil kasalliklarga olib kelishi mumkin. Eng muhim komponentlardan biri magniydir. U ichki organlar ayniqsa yurak va qon tomirlari uchun o’ta muhimdir. Ushbu elementning etishmasligini qoplash uchun “Magniy” preparatini qabul qilish tavsiya etiladi. Magniy har bir inson uchun juda zarur bo’lgan muhim elementdir. U tanada doimiy ravishda sodir bo’ladigan jarayonlarda ishtirok etadi, xususan:
Protein ishlab chiqarish, hujayra o’sishini barqarorlashtirish, asab tizimi, qondagi xolesterin darajasini normal saqlash va miyokard ishidagi buzilishlarni oldini olish kabi holatlarda o’z o’rniga ega.
Uning etishmovchiligida buyrak toshlari, kramplar va hatto tushkunlikka tushish holatlari paydo bo’lishi mumkin.
- Magniy miyadagi kortizolni muvozanatlashtiradigan eng samarali vitamindir.
- Tananing ichki muvozanatini saqlash uchun qon darajasi normal bo’lishi kerak. Biroq, noto’g’ri ovqatlanish va tanaga olingan ba’zi oziq moddalar qon darajasiga salbiy ta’sir ko’rsatishiga sabab bo’lsa-da, magniyning vazifasi bu muvozanatni saqlashdir.
- Serotonin muvozanatini saqlash uchun magniy muhim ahamiyatga ega. Agar tanangizda magniy yetarli bo’lsa, depressiya va tashvishlanish ehtimoli kamroq bo’ladi.
- Tanadagi charchoqni kamaytirishga hissa qo’shadi.
- Elektrolitlar muvozanatiga hissa qo’shadi.
- Magniy tish sog’lig’ini himoya qilishning samarali elementidir.
- Hujayra bo’linishida muhim funktsiyalarni bajaradi.
- Mushaklar funktsiyalari va energiya ishlab chiqarish mexanizmlarini amalga oshirishga hissa qo’shadi.
- Hujayralarni alyuminiy, nikel, kadmiy, simob, qo’rg’oshin kabi zararli elementlardan himoya qiladi.
- Tanadagi kaltsiy va kaliyning funktsiyasini oshiradi.VITAMIN D
D vitamini suyaklar, mushaklar, tishlar va hatto immun tizimi sog‘lomligi uchun juda muhim. Agar organizm bu vitaminni yetarli miqdorda qabul qilib turmasa, sog‘liq bilan bog‘langan muammolar paydo bo‘la boshlaydi. Dvitamini inson salomatligi uchun o’ta muhimdir. Bu suyaklarni mustahkamlashga yordam beradi, immunitet tizimini yaxshilaydi va ko’plab zararli holatlardan himoya qilishga yordam beradi.
Kuchli suyak va tishlarni targ’ib qiladi
- Immunitet, miya va asab tizimini kuchaytiradi.
- Insulin darajasini tartibga soladi va diabetni boshqarishni qo’llab-quvvatlaydi.
- O’pka funktsiyasini, yurak-qon tomir salomatligini yaxshilaydi.
- Saraton kasalligi ehtimolini pasaytiradi.
ZINC RUX
Rux (sink) – barcha fermentlar tarkibiga kiruvchi yagona metall bo‘lib, uning o‘rnini boshqa metall bosa olmaydi. Rux ko‘plab modda almashinuvi jarayonlarida ishtirok etib, tanadagi barcha hujayralarning normal ishlashini ta’minlaydi.
Uglevodlar, yog‘lar, oqsillar va nuklein kislotalar sintezi va parchalanishi organizmni rux bilan ta’minlanishiga bevosita bog‘liq.
Organizmdagi rux zaxirasining 20 foizi suyak to‘qimasida joylashgan bo‘ladi. Ruxning suyak to‘qimasiga kirish tezligi kalsiyga nisbatan yuqori bo‘ladi va suyak to‘qimasida mushak to‘qimasiga nisbatan uzoq saqlanadi.
Aniqlanishicha, rux kalsiy va fosfor so‘rilishini hamda almashinuvini kuchaytiradi, shuningdek, kollagen tolalar sintezini ham kuchaytiradi. Bu esa teri elastikligini oshiradi va suyak yuzasini shakllanishini ta’minlaydi. Shuning uchun sink yetishmovchiligi osteoporoz rivojlanishiga olib kelishi mumkin.
- Ruxning biologik ta’sirlari:
- Antioksidant;
- Oqsil, DNK, RNK sintezida;
- Hujayrani bo‘linishi, o‘sishi va regeneratsiyasida;
- Teri, tirnoq va sochlarning me’yorida o‘sishi;
- Yaralarni bitishi va epitelizatsiya jarayonini tezlatadi;
- Tana va skelet vaznini oshishida;
- O‘sish gormoni, gonadotropin va kortikotropin sintezida;
- Kalsiy va fosfor almashinuvi va so‘rilishida;
- Teri elastikligini ta’minlovchi kollagen tolalar hosil bo‘lishida;
- Bo‘g‘im yuzasini shakllanishida;
- Sariq dog‘ degeneratsiyasi va kataraktani oldini oladi;
- Immunitetni oshiradi;
- O‘smalarga qarshi (antikansirogen) ta’siri;
- Insulin sintezida ishtirok etadi va yog‘-uglevod almashinuvini boshqarishda;Ishtaha va ta’m bilish sezgisini me’yorga keltiradi;
- Qon ishlab chiqarishda ishtirok etadi va kamqonlikni oldini oladi;
- Erkaklik gormoni – testosteronni ishlab chiqarishida va sperma hosil bo‘lishida;
- Alkogolni organizmdan chiqarib tashlashda;
- Rux – kuchli tabiiy antioksidant.
Rux kuchli tabiiy antioksidant bo‘lgan superoksidismutaza fermentini aktiv qismiga kiradi. Bu ferment organizmda doimiy paydo bo‘lib turadigan, o‘ta zararli bo‘lgan superoksid erkin radikalini zararsizlantiradi.
Reviews
There are no reviews yet.